07 fev 15:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulhay SHorahmatov tarozidan o'tdi, u ertaga prof boksda debyut qiladi + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, bokschimiz Abdulhay SHorahmatov 8 fevral kuni prof boksdagi ilk jangini o'tkazadi.
Filippinning San-Fernando shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida hamyurtimizga mezbon bokschi Benji Ebido (0-2-0) raqiblik qiladi.
Bugun Abdulhay ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi. Unda bokschimiz 55.5 kg vazn qayd etdi.
Ertaga o'tkaziladigan jangda Abdulhay SHorahmatovga omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar