22 noy 06:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulhay SHorahmatovning Polshadagi jangi muddatidan oldin yakunlandi
Istedodli bokschimiz Abdulhay SHorahmatov professional ringdagi ikkinchi jangini o'tkazdi.
Polsha poyxati Varshava shahrida tashkil etilgan ushbu bahsda hamyurtimizga mezbon Robert Niedzvedcki raqiblik qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raunddayoq o'z yakuniga etdi.
Bokschimiz ikkinchi raundda chap qo'lidagi kuchli zarbasi orqali raqibini ringga qulatdi. SHu tariqa mezbon bokschi jangni davom ettira olmadi va bokschimiz o'zining ikkinchi jangini ham muddatidan oldin yakunladi.
Eslatib o'tamiz, Abdulhay prof boksdagi ilk jangini fevral oyida filippinlik raqibga qarshi o'tkazib, uni ham muddatidan oldin mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar