08 fev 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulhay SHorahmatovning professional boksdagi ilk jangi bir raundgina davom etdi
"Uzbek Tigers" safida tanilgan iqtidorli bokschimiz Abdulhay SHorahmatov bugun professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi.
Filippinning San-Fernando shahrida o'tkazilgan jang oqshomida hamyurtimiz mezbon bokschi Benji Ebidoga qarshi ringga chiqdi.
4 raundga mo'ljallangan jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Raund o'rtalarida SHorahmatov raqib jigariga bergan kuchli zarbasidan so'ng Ebido erga quladi va jangni davom ettira olmadi.
Qayd etish lozimki, SHorahmatov Meyvezer bilan hamkorlik qiladigan "Black Cobra" bilan birga ishlamoqda.
Biz iqtidorli bokschimizni prof ringdagi muvaffaqiyatli debyut bilan tabriklaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar