05 avg 09:21
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Abdurahmonov ikki karra jahon chempioniga yutqazdi
Tokio-2020 Olimpiadasining erkin kurash bo'yicha 74 va 125 kg vazn toifasidagi saralash bellashuvlari davom etmoqda.
Afsus, yurtimiz sharafini 74 kg vaznda himoya qilayotgan jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi Bekzod Abdurahmonov 1/4 finalda ikki karra jahon chempioni, Evropa o'yinlari g'olibi, rossiyalik 25 yoshli Zaurbek Sidakovga 6-13 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi yarim finalda Sidakovga muxlislik qilamiz. Zaurbek finalga yo'l olgan taqdirda Abdurahmonovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga keladi. Demak, kutamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar