27 dek 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Abubakar Nurmagomedov yangi liga bilan shartnoma imzoladi
Rossiyalik 35 yoshli aralash yakkakurash ustasi yaqinda UFC tomonidan promoushen rosteridan chiqarilgan edi.
Nurmagomedov kuni kecha yangi GFL (Global Fight League) ligasi bilan shartnoma imzoladi. Uning yangi ligadagi debyut jangi Ramazondan keyin aprel yoki may oylariga mo'ljallanmoqda.
GFL ligasi rahbariyati promoushen bayrog'i ostida taxminan 300 nafar jangchini to'plashni maqsad qilgan. Ayni paytda 100 nafardan ziyod jangchilar ushbu ligada oktagonga chiqib kelishyapti. Ularning deyarli yarmini 40 yoshdan oshgan aralash yakkakurash ustalari tashkil qiladi. Eng yoshi katta jangchi — sobiq Pride chempioni Vanderley Silva bo'lib, u 48 yoshda! Sobiq UFC jangchilari Fabrisiu Verdum va Aleksey Oleynik esa 47 yoshni urib qo'yishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar