11 avg 11:35
Yangiliklar

ACA 108 turniri bonus sohiblari malum, biri Bashkir, ikkinchisi Xishnik bo'ldi
SHou tashkilotchilari oshqomning eng yaxshi jangi va jangchilarini aniqladi. ACA 108 turnirining markaziy jangi Vener «Bashkir» Galiev hamda Amirxan «Xishnik» Akaev o'rtasida o'tkazilib, aynan shu to'qnashuv kechaning eng yaxshi jangi deb topildi. Har ikki jangchiga kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 10 ming dollar bonus puli ham berildi.
Oqshomning eng yaxshi nokauti Aleksandr Butenkoga nasib qildi. U o'z ishtirokidagi jangda Rasul SHovxalovni chiroyli tarzda nokautga uchratdi. Yana bir bonus Adam Alievdan ustun kelgan Bayzet Xatxoxga nasib etdi. Har ikki jangchi ham 10 ming dollardan bonusga ega bo'lishdi.
SHuningdek, muddatidan avval g'alaba qozonganlari uchun Alixan Vaxaev va Artur Astaxov 5000 dollardan bonusni qo'lga kiritishdi. Ular mos ravishda Denis Smoldarev va Magomed SHeyxovni birinchi hamda ikkinchi raundlarda texnik nokautga uchratishdi.
Fikrlar