13 dek 21:42
Yangiliklar
Boks/MMA

ACA 115. Ahliddin Mirzadavlatov ishtirokidagi jang ikkinchi raundda yakunlandi (+VIDEO)
Moskva shahrida aralash yakkakurash janglari bo'yicha ACA 115 turniri bo'lib o'tdi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik Ahliddin Mirzadavlatov rossiyalik Mixail Balakirevga qarshi oktagonga chiqdi.
Sportchimiz jangni faol tarzda olib borayotgandi, hattoki ochkolar evaziga ustunlik qilayotgandi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ammo ikkinchi raundda Ahliddin raqibiga taqiqlangan zarba berdi. Referi esa shu zahoti jangni to'xtatib, sportchimizni diskvalifikaciya qildi.
SHu tariqa, Balakariev ushbu jangda g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar