So’nggi yangiliklar

19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0 18:25Волкановски: "У билан жангда фаолиятимдаги энг яхши жисмоний ҳолатда бўламан" 0 17:51Ўртоқлик учрашувида Жанубий Кореяга мағлуб бўлдик 0 17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0

12 avg 10:39
Yangiliklar

Boks/MMA

ACA Ligasi butun MMA tarixida ilk bor "anonim jang" o'tkazishi mumkin

ACA ligasi prezidenti Magomed Bibulatov tashkilot jahon MMA tarixida professional sportdagi birinchi "anonim jang"ni o'tkazishi mumkinligini malum qildi.

Bibulatovning so'zlariga ko'ra, mazkur format misli ko'rilmagan darajadagi maxfiylikni nazarda tutadi: jangchilar oktagonga chiqqunga qadar ularning ismlarini hech kim bilmaydi.

"Ligamizning ikki media yulduzi o'rtasida shunday deb ataladigan "anonim jang" o'tkazish g'oyasi paydo bo'ldi. Jahon boks yoki MMA amaliyotida bunday holat hali kuzatilmagan. Oldindan hech qanday elonlar, matbuotda ishoralar yoki ijtimoiy tarmoqlarda spoylerlar bo'lmaydi. Qiziqarli sir faqat arenada, jang boshlanishidan oldin ishtirokchilarni ring anonseri Aleksandr Zagorskiy elon qilgan paytdagina ochiladi. Format nuqtai nazaridan bu jahon miqyosidagi eksklyuziv bo'ladi", — deya Bibulatovning so'zlarini keltiradi ACA matbuot xizmati.

Liga rahbari takidlashicha, hozircha tashkilot rahbariyati muxlislarning bunday tajribaga qiziqishini baholamoqchi. Agar jamoatchilik tomonidan ijobiy munosabat bildirilsa, ACA turnirlaridan birida ushbu formatni amalga oshirish imkoniyatlarini ishlab chiqishni boshlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing