06 apr 09:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya CHimaev - Byorns jangiga taxminini bildirdi
O'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Israel Adesanya Gilbert Byornsning Xamzat CHimaevni mag'lub etishiga ishonadi.
"Byornsni bilaman — u o'yin qilmaydi, tabiiy shunday. U hayotda ham xuddi shunday, men uning yarimo'rta vaznga o'tganidan xursandman, chunki bu divizionda u ancha kuchli ko'rinadi. Byorns yaxshi, lekin u zarba o'tkazib yuboradi.
Boshqa tomondan olib qaraganda, zarbani kim ham o'tkazmaydi deysiz. Uning kuchli zarbasi bor va men Byornsga muxlislik qilaman. CHimaevga uning kuchi etadi deb o'ylayman", - deya chempionning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar