20 fev 18:31
Yangiliklar

Adesanya CHimaevga javob qaytardi
"Ayni paytda, u etibor markazida emas. Men uni jiddiy qabul qilmayman. Uning so'nggi jangi menda katta taassurot qoldirdi. "Yaxshi jangchi", - deb o'yladim, lekin bu o'yinning o'z darajasi bor. Keling, u Gilbert Byorns bilan qanday jang qilishini ko'ramiz.
Men uning o'rta vazndagi janglaridan faqat bittasini ko'rganman va sizga aytishim mumkinki, u ko'plab yuqori darajadagi o'rta vaznli jangchilarni mag'lub eta oladi, ammo bu men uni jiddiy qabul qilishim kerak degani emas. Men Paulo Kosta bilan bo'lgani kabi u bilan ham xuddi shunday voqea bo'lishini his qilyapman", - deya takidlab o'tgan Adesanya.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada Israel Adesanya to'rtinchi marotaba chempionlik himoyasini muvaffiqiyatli ravishda o'tkazdi, u Robert Uittakerga qarshi jangda ochkolar evaziga g'olib deb topildi. Xamzat CHimaev esa 9 aprel kuni yarim o'rta vazn toifasining ikkinchi raqamli vakili Gilbert Byornsga qarshi jang o'tkazishi rejalashtirilgan.
Fikrlar