02 okt 20:39
Yangiliklar

Adesanya Jon Jonsning vafot etgan onasi haqida hazil qildi. Jons esa javob qaytardi
Adesanya Jonsning uch yil avval qandli diabetdan vafot etgan onasi haqida hazil qildi.
"Menga Jonsning otasi nima haqida o'ylayotgani qiziq. O'g'li men bilan jang qila olishiga tayyor deb hisoblarmikan? Sababi, uning murabbiyi tayyor emas deb hisoblaydi. Mening otam seni qanday kaltaklashim kerakligini aytib berdi. Onang seni hozirgi ahvolingni ko'rganda hafsalasi pir bo'lgan bo'lar edi",-deb yozdi Adesanya.
"Hozir bir necha o'n million dollarlar og'ushida yotibman. Bolalarim Iso Masihni sevadi. Men esa tarixdagi eng buyuk jangchilardan biriman. Albatta, onam bundan faxrlangan bo'lar edi. Sen nimadan buncha hafasan?
Aslida, men onamni eslatganingdan juda xursandman. Hozir menga onamni o'rni juda bilinyapti. Biz 2021 yilda jang qilamizmi? Sen men bilan istalgan vaznda jang qilishingni aytding, shundaymi? Men kutayapman. Butun dunyo kutayapti",-deya javob berdi Jon Jons.
Fikrlar