11 fev 09:14
Yangiliklar

Adesanya Maxachev - Volkanovski to'qnashuvida kimning g'alabasiga ko'proq ishonmoqda?
"Volkanovski bosim ostida porlamoqda. U jang kuni ham aynan shunday qiladi deb umid qilaman. U stoykada g'alaba qozonadi. Men Aleks aynan stoykada g'alaba qozonishini his qilyapman. Uning oldida qiyin vazifa turibdi. Islam kuchli raqib. Ammo, Aleksning: "Hammasi tugagandan keyin ham kuchingni saqlang. Menga u Top 10 dan faqat ikkita eng yaxshi jangchi bilan jang qilganini aytishga urinmang, u Xabib emas" degan so'zlari menga yoqdi.
Menimcha, Islam uchinchi raundgacha bormaydi. Besh raundga tayyorgarlik ko'rmagunicha, hamma chempion bo'lishni istaydi. Bilaman, Maxachev jamoasi o'z ishini yaxshi bajarmoqda. Ammo, raqib ham hurmatga sazovor", - dedi Adesanya.
Eslatib o'tamiz, Maxachev va Volkanovski 12 fevral kuni UFC 284 turnirida Avstraliyaning Pert shahrida jang qilishadi.
Fikrlar