06 apr 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya Sterlingning o'rnida bo'lganida nima qilishini malum qildi
O'rta vaznda UFC chempioni, 32 yoshli yangi zelandiyalik jangchi Israel Adesanya taqiqlangan zarba uchun raqibini diskvalifikaciya qilish orqali g'alaba qozonib, chempionlik kamarini qabul qilgan Aljameyn Sterlingning o'rnida qanday yo'l tutishini aytdi.
"Agar Sterlingning o'rnida bo'lganimda kamarni qabul qilgan bo'lardim. Men buni yoqtirmayman. Baribir bu qoida. SHuning uchun men buni qabul qilardim", — dedi Adesanya o'zining YouTube kanalida.
Eslatib o'tamiz, Yan va Sterling o'rtasidagi jang 10 aprel kuni UFC 273 turnirida bo'lib o'tadi. Jang turnirning asosiy to'qnashuvi bo'ladi.
Jangchilar o'tgan yilning 30 oktyabrida uchrashishlari kerak edi. Ammo, amerikalik sportchining sog'lig'idagi muammolar tufayli jang bekor qilindi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar