So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

15 may 14:02
Yangiliklar

Dzyudo, Fotogalereya

Adham Ikramov jahon chempionatiga yo'l olayotgan dzyudochilarimizga oq fotiha berdi + FOTOGALEREYA

Ertaga dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish maqsadida BAA poytaxti Abu-Dabi shahriga jo'nab ketadi.

Biroz avval O'zbekiston dzyudo federaciyasida safar oldidan turgan dzyudochilarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Unda O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, rais o'rinbosarlari Zafar Qahramonov, Atabek Ismailov va boshqa mutasaddilar terma jamoamiz azolari bilan uchrashishdi hamda dildan suhbatlashishdi. 

Sport vaziri hatto Davlat Bobonov bilan "otjimanie" qilish bo'yicha bellashib ham ko'rdi. Albatta, vazir tomonidan bunday shaxsiy namunaning ko'rsatilishi dzyudochilarni yanada g'alabalar sari ruhlantiradi. O'z o'rnida Oybek Kasimov Parij-2024 Olimpiadasi oldidan o'tkaziladigan ushbu jahon chempionatining ahamiyati haqida gapirib, dzyudochilarimizga omad tiladi. 

Uchrashuv so'nggida Adham Ikramov duoga qo'l ochib, dzyudochilarimizga Abu-Dabi tatamilarida g'alaba va omad yor bo'lishiga fotiha berdi. Xalqimizda "oltin olma, duo ol, duo oltin emasmu" degan hikmat bor. Biz ham o'z o'rnida masuliyatli safar oldidan turgan dzyudochilarimiz, murabbiylarimiz, shifokorlarimizga zafar yor bo'lishini tilaymiz. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Qatar poytaxti Doha shahrida o'tgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritib, tarixdagi eng natijani qayd etgandi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing