22 apr 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Afg'onistonlik MMA jangchisi UFC'dagi debyutidan bir hafta avval hibsga olindi
UFC'da debyut qilishi kerak bo'lgan afg'onistonlik Ahmad Hasanzoda (12-3) AQSHda hibsga olindi.
Xabar qilinishicha, u ikki jinoyatda, jumladan, 14 yoshgacha bo'lgan bolaga nisbatan nomaqbul yoki shahvoniy harakatlar sodir etishda ayblanmoqda.
Ahmad Sakramento okrugi qamoqxonasida saqlanmoqda. Garov miqdori 400 ming dollar.
28 yoshli Hasanzada joriy hafta yakunida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida Evan Elderga qarshi jang qilishi kerak edi.
UFC rasmiylari MMA Fighting nashriga vaziyat tufayli afg'on jangchisi bilan shartnoma bekor qilinganini aytishgan.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar