08 noy 13:42
Yangiliklar
Tennis
Afina (ATP 250). Novak Jokovich finalda!
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan Novak Jokovich Greciya poytaxti Afina shahrida davom etayotgan ATP 250 toifasiga kiruvchi turnirning finalchisiga aylandi.
Serbiyalik tennis afsonasi 80 daqiqa davom etgan 1/2 final bahsida ATP reytingida 117-pog'onadan joy olgan germaniyalik Yannik Ganfmanndan 6/3, 6/4 hisobida ustun keldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Novak bahs davomida 9, Ganfmann 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tomonida bo'ldi - 3 ga 1. Jokovich faoliyatidagi 144-finaliga yo'llanma oldi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar