27 iyu 16:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Afsonaviy Ayubxon Kamolov 50 yoshida jang qildi
Andijon viloyatidagi "Universal" sport majmuasida MMA bo'yicha BPL-3 turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada o'zbek aralash yakka kurashining taniqli vakili, 50 yoshini qarshilagan Ayubxon Kamolov ham oktagonga ko'tarildi.
Mo'g'uliston vakili, 29 yashar Enkjargal Banzaragch bilan bahs olib borgan hamyurtimiz raqibi ustidan muddatidan avval g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Ayubxon Kamolov prof MMAdagi so'nggi jangini 2022 yilda o'tkazgan edi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar