25 okt 12:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Jorj Forman g'alabasiga 50 yil bo'ldi
Havaskor va professional boks afsonalaridan biri, superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni, Olimpiada chempioni Jorj Forman Mexikoda bo'lib turibdi.
Forman Meksika poytaxtiga WBCtashkiloti prezidenti Mauricio Sulaymonning taklifi bilan etib bordi. Jorj bundan roppa-rosa 50 yil avval Mexikoda o'tgan Olimpiada-1968da oltin medalni qo'lga kiritgandi.
U hal qiluvchi final jangida sobiq SSSR bokschisi Yonas CHepulisni mag'lubiyatga uchratgandi. Forman raqibini ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga taslim etib, Olimpiada chempioniga aylangan edi. Sulaymon uchrashuv chog'ida Formanga qush surati tushirilgan maxsus esdalik sovg'asini topshirdi.
Havola :
Fikrlar