21 sen 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Pakyao bokschilik faoliyatini yakunladi
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, Senator, Filippin prezidentligi uchun kurashayotgan Menni Pakyao sportdagi faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi.
"Faoliyatim? U allaqachon yakunlangan. Hammasi tugadi. Men anchadan beri boksdaman, oilamning aytishicha, bu etarli. Endi boks bilan shunchaki shug'ullanaman. Endi vatanimning boshqa bokschilarini qo'llab-quvvatlayman", - dedi Pakyao Studio YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Pakyao so'nggi jangida kutilmaganda WBC chempionligi uchun kubalik bokschi Yordenis Ugasga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar