So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

18 avg 17:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Afsonaviy Sidney Jeksonning o'zbek sportidagi o'rni

Teglar :  Sidney Jekson
Afsonaviy Sidney Jekson haqida.

Boks ihlosmandlariga sportning ushbu turidagi mashhur trener Boris Granatkin, Ikkinchi jahon urushi yillarida Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo'lgan Vladimir Karpov, ikki karra Evropa chempioni, Olimpiya o'yinlari chempioni Valeriy Popenchenko, jahon chempioni Rufat Risqiev nomlari yaxshi tanish. Ularning hammasi SSSRda xizmat ko'rsatgan trener Sidney Lvovich Jeksonning shogirdlaridir.

Sidney Lvovich 1886 yil Nyu-Yorkda tug'ilgan. 12 yoshligidan mahalliy «Bronx Ridgeon Club» boks klubida shug'ullana boshlagan. AQSHda professional darajadagi bokschi bo'lgan. U 28 yoshligida AQSH terma jamoasidan o'rin olgan, jahonning ko'pgina mamlakatlarida o'tkazilgan nufuzli musobaqalarda qatnashgan.

Ammo Glazgoda bo'lib o'tgan musobaqalarda barmog'i singan va bellashuvlarda ishtirok eta olmay qolgan. SHundan so'ng Birinchi jahon urushi boshlanganida Rossiyaga kelib, shu erda yashay boshlagan.

Keyinchalik S.Jekson Toshkentga ko'chib kelgan va bu erda boks bo'yicha bolalar sekciyasini tashkil qildi. Yosh bokschilar shug'ullanishi uchun ularga kerak bo'lgan narsalarni o'zi tayyorlab bergan. Ringni arqonlar bilan o'ragan, charmdan qo'lqoplar, qopdan mashq grushalari tikib bergan. Bolalarga boks tarixi to'g'risida qiziqarli hikoyalari bilan ularning sportga bo'lgan ihlosini orttirgan.

Jekson O'zbekistonda boksning otashin tashviqotchisi bo'lgan, shu bilan birga birinchi suzish havzalari, futbol maydonlari, tennis kortlari, basketbol, voleybol maydonchalari barpo etish tashkilotchilaridan biriga aylangan.

Sidney Lvovich boks sekciyasida trenerlik qilish bilan birga CHet tillar institutida ingliz tilidan dars bergan, unga professor unvoni ham berilgan.

Jekson O'zbekistonda 35 yil davomida boks sekciyada trenerlik qilgan. Uning shogirdlari respublika, ittifoq, Evropa va jahon chempionlari bo'lishgan.

Afsonaviy trener respublikada jahonda eng kuchli boks maktablaridan birini yaratgan, juda ko'p mashhur sportchilarni tarbiyalagan.

Sidney Lvovich Jekson 1966 yilda vafot etgan va Toshkentdagi Botkin qabristonida dafn etilgan.

Ko'p yillar davomida O'zbekistonda Sidney Jekson xotirasi turniri o'tkazib kelingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing