12 okt 07:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Braziliyaliklar yayragan UFC turnirining co-main event jangi g'olibini hakamlar aniqlab berishdi + FOTO
UFC Fight Night 261 oqshomining ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi ham braziliyalik sobiq UFC chempioni ishtirokida kechdi.
O'ta engil vazn toifasida sobiq ikki karra promoushen chempioni Deyvison Figeyredu amerikalik Montela Jeksonga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda tajribali Deyvison hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozondi. Hakamlardan biri Jeksonga g'alabani taqdim etgan. Qolgan ikki hakam mezbon jangchining g'alabasini taminlagan.
Malumot uchun, ushbu turnirning prelim kardi doirasida rossiyalik Irina Alekseeva braziliyalik raqibasi Beatris Meskitga imkoniyatni boy berdi. Beatris ikkinchi raundda Alekseevani bo'g'ib qo'ydi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar