10 okt 07:32
Yangiliklar

Sobiq UFC chempionining o'g'li restlerni kaltaklagani uchun 7 yilga qamalishi mumkin
25 yoshli aralash yakkakurash jangchisi avgust oyida Kaliforniyada bo'lib o'tgan shouda professional restler Sayko Styuni kaltaklab, unga og'ir tan jarohati etkazgan. Bu haqda prokuratura idorasiga tayanib, Los Angeles Times xabar berdi.
Agar Raju aybdor deb topilsa, u 7 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin. Jeksonning o'zi aybini tan olmayapti.
Malumot uchun, Kuinton "Rampage" Jeksonning o'g'li Raja Jekson Knokx Pro Wrestling turnirida Sayko Styuga ayovsiz zarba bergan edi. Janglardan birida Raja ringga ko'tarilib, Smitni ushlab oldi, amplituda tashlashni amalga oshirdi. SHundan so'ng uning ustiga o'tirib olib, yuziga taxminan 20 ta javobsiz zarba berdi. Policiya ushbu hodisani tergov qilmoqda.
Fikrlar