20 avg 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy UFC chempioni Konor egalik qiluvchi BKFC Ligasida debyut qiladi
5 oktyabr kuni Nyuarkda (AQSH) engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, UFC SHon-shuhrat Zali azosi Frenki Edgar Bare Knuckle Fighting Championship Ligasida debyut jangini o'tkazadi.
Uning raqibi UFC sobiq jangchisi Jimmi Rivera bo'ladi. Bu haqda taniqli jurnalist Ariel Xelvani xabar bermoqda.
Edgar o'zining so'nggi jangini 2022 yilning noyabr oyida UFC 281 turniri doirasida Kris Guterresga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi. U faoliyati davomida 24 ta g'alaba, 11 ta mag'lubiyat va 1 ta durangni o'z hisobiga yozdirgan.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar