02 may 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA
"Agar CHimaev yuqori vaznga o'tsa, hammamiz uchun yomon bo'ladi" - sobiq davogar
UFC jangchisi Xalil Rauntri Xamzat CHimaevning yarimog'ir vaznga o'tishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Menda aralash fikrlar bor. Xamzatning yarimog'ir vaznga o'tishga qiziqayapti, degan xabarni ilk eshitganimda, ochig'i, biroz xafa bo'ldim. CHunki Xamzat kabi jangchi sening divizioningga kelib, raqibingga aylanishi haqida o'ylash hech qanday xursandchilik bag'ishlamaydi. U bilan mashg'ulot o'tkazganingda, uning dunyodagi eng kuchlilardan biri ekanini tushunasan. Bu juda qiyin — "stoyka"da ham, kurashda ham. Hech kim Xamzat bilan engil raund o'tkazmaydi. Vazn toifasi yoki o'lchamlar ahamiyatga ega emas. Birinchi fikrim shu bo'ldi: "Agar u rostdan ham yuqoriga ko'tarilsa, hammamiz uchun yomon bo'ladi", — dedi Rauntri MMA Junkie’ga.

Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar