24 fev 16:59
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/206922_220.jpg)
"Agar Maxachevni nokaut qilmasangiz, boshqachasiga mag'lub eta olmaysiz"
Rossiyalik jangchi Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes o'z shogirdining amerikalik Bobbi Grin bilan bo'lajak jangi haqida gapirdi.
“Bobbi Grin aqlbovar qilmas sportchi. Menga uning jang qilish usuli yoqadi. U bunday imkoniyatga ega bo'lgani juda yaxshi. Ehtimol u g'alabaga loyiq ekanligini isbotlay olar.
Albatta, jang paytida hamma narsa bo'lishi mumkin. Agar u Islamni nokaut bilan mag'lub etmasa, unda uni umuman mag'lub eta olmaydi. Boshqa iloji yo'q", - dedi Mendes Submission Radio YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Maxachev va Grin o'rtasidagi jang 26 fevral tongida Las-Vegasda bo'lib o'tadi. Dastlab, Maxachev amerikalik jangchi Beneil Dariushga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo, u to'pig'idan olgan jarohati tufayli Islam boshqa bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar