11 dek 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
"Agar Putin aytsa borishimiz kerak". Rossiyalik bokschi Tokio-2020 Olimpiadasi haqida gapirdi
Bokschi Misha Aloyan rossiyalik bokschilarning neytral bayroq ostida Olimpiadaga borishi haqidagi qarorga o'z munosabatini bildirdi.
"Agar prezidentning o'zi aytsa borish kerak - chunki uning o'zi sportchi. Bunday holatda siyosatni esdan chiqarib turamiz. Borish lozim, shunda biz mana shunday ruxda shug'ullanishda davom etamiz", - dedi Aloyan.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatidan to'rt yilga chetlatgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar