25 mar 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Agar UFC Jon Jonsni hurmat qilmasa, umuman kimni hurmat qiladi?" - Frensis Ngannu
UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu tashkilotni yana tanqid qildi va ular Jon Jonsga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lganini aytdi.
"Jon Jonsga faqat jang uchun emas, balki u sport uchun qilgan ishlari uchun ham to'lash kerak. Axir ular uni barcha davrlarning eng buyuk jangchisi deb hisoblashadiku? Agar eng buyukni hurmat qilishmasa, umuman kimni hurmat qilishadi? Men haqiqatan ham ularning munosabatidan xavotirdaman. Endi tasavvur qiling, eng buyuk bo'lmaganlarga qanday munosabatda bo'lishadi", — dedi Ngannu.

Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar