27 mar 15:56
Yangiliklar
Boks/MMA
"Agar Usikka 30 foiz taklif qilishgan bo'lsa, menga nima berishadi?". Joshua Fyuri bilan jangni istamayapti
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua nima uchun Tayson Fyuriga qarshi jang qilmoqchi emasligi haqida gapirdi.
"O'zingiz o'ylang. Ular mutlaq jahon chempionligi uchun Usikka mukofot jamg'armasining 30 foizini bermoqchi bo'lishdi. Usikka - superog'ir vazn toifasining uch yo'nalish chempioni va og'ir vazn toifasining mutlaq chempioniga. Unday holda menga qanday taklif bilan chiqishadi...
Ammo biz Yaratganning izni bilan muzokaralar stoliga o'tirsak, men havotir olmayman. Ahir ortimda promouterim va menejerlarim jamoasi bo'ladi. Ular bozor narxini yaxshi bilishadi. Ular men o'rtadagi puldan ko'proq olishim uchun yaxshigina kurashishadi", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : vRinge
Fikrlar