23 may 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Agit Kabayel Usik uchun Misrga yo'l oldi. Nega?
Germaniyalik og'ir vazn toifasidagi bokschi Agit Kabayel Aleksandr Usik va Riko Verxuven o'rtasida Giza shahrida bo'lib o'tadigan jangni bevosita arenada tomosha qiladi.
"O'ylaymanki, Usik jangda g'alaba qozonadi. SHunda men uning yoniga ringga chiqib: "Kel, bu jangni muxlislar uchun amalga oshiramiz. Ularga zo'r jang sovg'a qilamiz. Men bu lahzani uzoq kutdim. Nega yil oxirida Germaniyadagi futbol stadionida jang o'tkazmaymiz? O'ylaymanki, Germaniyadagi va butun dunyodagi muxlislar bu jangni uzoq vaqtdan beri kutishyapti", - dedi Kabayel DAZN Boxing nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Agit WBC yo'nalishi bo'yicha Aleksandor Usikning kamari uchun majburiy davogar maqomida bo'lib turibdi. Ukrainalik bokschi singari Kabayel ham professional ringda hali birorta ham mag'lubiyatga uchramagan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar