30 sen 08:36
Yangiliklar
Gandbol
AGMK OCHL g'olibi, kubok O'zbekistonda qoldi!
Poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport majmuasida gandbol, yani qo'l to'pi bo'yicha ayollar jamoalari o'rtasida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi yakunlandi.
Toshkentda ilk bor tashkil etilgan ushbu nufuzli turnirda O'zbekiston, Eron, Qozog'iston va Hindiston jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqaning so'nggi kuni Olmaliqning AGMK jamoasi Eronning “Larestan” klubini 30:20 hisobida mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi.
Ikkinchi o'rinni Qozog'istonning “ILE” klubi band etdi. Yon qo'shnilarimiz musobaqaning so'nggi kuni Hindistonning “Indiya” klubidan 49:28 hisobida yakun yasashdi. Toshkentning “Uzbechka” jamoasidan 34:27 hisobida ustun kelgan Qozog'istonning “Almaty” klubi kuchli uchlikka yakun yasadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar