01 fev 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahliddin Mirzadavlatov bir yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytmoqda
O'zbekistonlik MMA jangchisi Ahliddin Mirzadavlatov bir yildan so'ng oktagonga qaytmoqda.
Hamyurtimiz 19 fevral kuni Toshkentda "Octagonleague" hamda U1 tomonidan tashkil etiladigan oqshomda oktagonga ko'tariladi. Hozircha jangchimizning raqibi malum emas.
Eslatib o'tamiz, Ahliddin so'nggi bor 2020 yilning dekabr oyida Mixail Balakirevga qarshi oktagonga ko'tarilgandi. O'shanda jangchimiz raqibiga ikkinchi raundda taqiqlagan zarba yo'llab, imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar