21 fev 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahliddin Mirzadavlatov hamda Mironshoh Jafarovning MPL 3 dagi raqibi o'zgardi
MPL 3dagi ikki jangchimizning raqibi o'zgardi.
Avval xabar berganimizdek, Muradov Professional League'ning 3 turniri 27 fevral kuni bo'lib o'tadi. Unda yurtimizning bir qator taniqli MMA'chilari oktagonga chiqadi.
-72 kg gacha bo'lgan vazn toifasidagi jangchimiz Ahliddin Mirzadavlatov braziliyalik Allison Marreyraga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq raqibda koronavirus kasalligi aniqlanganligi bois Toshkentga kela olmaydi.
Yana bir aralash yakkakurash ustasi Mironshoh Jafarovning braziliyalik raqibi Silas Robson ham xuddi shu muammo tufayli karantinga olingan.
Hozircha jangchilarimizga kim raqiblik qilishi nomalum.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar