28 mar 05:06
Yangiliklar

Ahmadaliev, Madrimov va G'iyosov navbatdagi jangni o'tkazish uchun O'zbekistonga etib kelishdi + FOTO
Jang oqshomi doirasida O'zbekistonning ko'zga ko'ringan bokschilari prof boksda navbatdagi janglarini o'tkazishadi. Kechaning markaziy jangida ikki yo'nalishda jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jang qiladi.
28 martga o'tar kechasi soat 01:55 da bir qator bokschilarimiz, jumladan Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov, SHahram G'iyosov, murabbiy To'lqin Qilichev, bokschilarimizning prof ringdagi murabbiyi Joel Diaz va boshqalar yurtimizga etib kelishdi.
Ular Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, federaciya mutasaddilari, muxlislar, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar