So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

29 may 10:11
Yangiliklar

Boks/MMA, Boks reytingi

Ahmadaliev WBC'ning yangilangan reytingiga kiritildi, Otabek va Bektemirda ko'tarilish + POSTER

Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) yangilangan reytingni elon qildi.

Butunjahon Boks uyushmasi may oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Endilikda sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ushbu reytingga ilk bor kiritildi.

SHu tariqa, reytingdan 11 nafar charm qo'lqop ustamiz o'rin egalladi. 

Ularning joylashgan o'rinlari bilan tanishing:

Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab, 17-o'rinni egalladi;

Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov o'tgan oydagi singari 9-o'rinda; Bektemir Meliqo'ziev 17-o'rinni band etdi, o'tgan oyda u 23-pog'onada edi;

Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov o'tgan oydagidan bir pog'ona yuqorilab, 6-o'ringa joylashdi;

Yarim o'rta vazn (66,6 kg):  SHahram G'iyosov 19-o'rin; Jahongir Rasulov 31-o'rin, Rasulov o'tgan oy 34-pog'onada edi;

Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev o'tgan oydagidan 2 o'rin pastlab, 14-o'rinda qayd etildi; Botir Ahmedov ham 3 pog'onaga pastladi - 23-o'rin;

Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 9-o'rin, bokschimiz o'tgan oyda 14-pog'onani band etgan edi;

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev reytingga ilk bor kiritilib, 4-o'ringa joylashtirildi;

Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatov o'tgan oydagi kabi 10-pog'onani band etgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing