27 sen 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahmadalievga ikkita kamarini boy bergan Roman 12 raundlik jang o'tkazdi
Bugun tongda AQSHning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli jangida birinchi yarim engil vazn toifasida sobiq WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi, amerikalik 30 yashar Deniel Roman engil vaznda sobiq jahon chempioni, 36 yoshli Xuan Karlos Payanoga qarshi ringga ko'tarildi.
Roman bundan avvalgi jangida har ikkala kamarini hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga boy bergandi. Roman - Payano jangi to'liq 12 raund davom etdi va yakunda hakamlar bir ovozdan (116-112, 116-112, 116-112 ) Denielning g'alabasini taminlashdi. Bugungi jang WBC kamari uchun saralash vazifasini o'tab berdi.
Havola :
Fikrlar