So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

30 iyu 19:14
Yangiliklar

Tadbirlar

Ahmadjonov Qarshida o'z lavozimiga noloyiq bo'lgan mutasaddilarni ishdan oldi

O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda maxsus ishchi guruhning Qarshi shahriga tashrifi davom etmoqda.

“Muruvvat” bolalar uyi, Qarshi shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati va “Nasaf” klubi akademiyasidan keyin O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar suv sporti turlari Sport maktabida hamda Qarshi shahar bolalar va o'smirlar sport maktabida bo'ldi.

Tashrif davomida Umid Ahmadjonov Qashqadaryo viloyatida sportni rivojlantirish, xususan, olimpiya sport turlari va futbol rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. Bu borada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni tanqid qilib, muammolarni barataraf etish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

Ayni paytda esa  Qarshi shahrida MOQ prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti  Umid Ahmadjonov tomonidan viloyat sportiga masul bo'lgan mutassaddilar ishtirokida katta majlis o'tkazilmoqda.

Umid Ahmadjonov viloyatda sport sohasida olib borilayotgan ishlarga to'xtalar ekan, jumladan shunday dedi:

"Biz bo'lajak Olimpiada o'yinlarida O'zbekiston bayrog'ini eng yuqori cho'qqilarga ko'tarishimiz kerak. Buning uchun barchamiz aka-uka bo'lib ishlamasak, o'zaro bir-birimizni qo'llab- quvvatlamasak natijaga erisha olmaymiz. Ayniqsa, Qashqadaryodan etishib chiqayotgan sportchilar orqali biz Olimpiadalarda ko'plab oltinlarni olishimiz mumkin. CHunki bu erda yakka kurashlar bo'yicha qanchadan qancha polvonlar bor. Ularni to'g'ri yo'naltirib, mahoratidan unumli foydalanmasak noto'g'ri bo'ladi.

Qashaqardyo viloyatida  sport rivoji yo'lida olib borilgan ishlar qoniqarli emas. Jumladan, Qashqadaryo viloyati olimpiya zaxiralari kolleji rahbari SHodi Namozov o'z vazifasini etarli darajada bajara olmagan.  Kollej tizimidagi metodistlarning aksari malakasiz, sport turlarini mukammal bilmaydi. Kamiga sportchilarni ovqatlanish tizimda sustkashliklarga yo'l qo'yilgan. Sportchilar etarli kaloriyalarga ega bo'lmagan ovqatlarni tanovul qilishgan. Bu esa o'z- o'zidan natijalarga salbiy tasir ko'rsatgan. Dietologning o'z sohasini mukammal bilmasligi hamda  milliy kurash, boks, engil atletika, voleybol, dzyudo murabbiylarining malakasi etarli emasligi chempionlarni tarbiyalashga kamlik qiladi.

SHuningdek, 2001 yildan beri faoliyat olib borayotgan  Qarshi Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati suv havzasi direktori  SHavkat G'aniev o'zi boshqaraetgan sport inshooti hakida to'liq malumotga ega emas. Kerak paytda, terma jamoaga nomzod bo'lgan suzuvchilarga basseyn xizmatini shartnoma asosida taqdim etgani hakida malumotlar bor bizda. G'aniev davlat tomonidan qurilayotgan sport inshootlaridan foydalanish sportchilarga bepul ekanini unutib qo'ygan ko'rinadi. Sportchilarni manfaatiga xizmat qilishi lozim bo'lgan obektlarda bu kabi direktorlarning faoliyat olib borishi xato degan xulosaga kelindi” – dedi Umid Ahmadjonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing