So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

25 may 09:14
Yangiliklar

Tadbirlar

Ahmadjonov Respublika olimpiya zaxiralari kollejidagi sharoitlar bilan tanishdi

Xabaringiz bor, bundan ikki hafta oldin Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejiga yangi rahbar tayinlangandi.

ROZKning yangi direktori Mirsardor Alimov oldiga bir qator vazifalar belgilanib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish vazifasi yuklatilgandi. Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov o'zgarishlar bilan tanishish maqsadida kollejda bo'ldi. 

MOQ rahbari u erda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish racioni, yotoqxonasi, sport inshootlari, mashg'ulotlar maydoni, maxsus otxona ahvolini ko'zdan kechirdi. Yangi bino va inshootlarni loyihalash ishlari bo'yicha kerakli ko'rsatmalarni berdi.

“Respublika olimpiya zaxiralari kolleji o'z nomiga monand yurtimiz sportiga bo'lajak Olimpiya va Osiyo chempionlarini tarbiyalab berishi kerak. Bu maskanda faqatgina mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari tahsil olishlari, jismoniy va texnik imkoniyatlarini toblab borishlari lozim. Davlatimiz Olimpiya zaxiralari kollejlarining samarali ishlashi uchun milliardlab mablag' ajratmoqda. SHunday ekan, ushbu mablag'larning maqsadli sarflanishini jiddiy nazoratga olish kerak.

Biz har bir jihatni etiborga olishimiz zarur. Talaba-sportchilarning ovqatlanish racionidan tortib, mashg'ulotlarda oladigan yuklamasiga qadar qatiy nazoratda bo'lishi kerak. Bu erda bizning bo'lajak chempionlar kamolga etadi. Ularga barcha kerakli sharoitlarni yaratib berish yo'lida Milliy olimpiya qo'mitasi har qanday yordamga tayyor” – dedi Umid Ahmadjonov kollejdagi sharoitlar bilan tanishar ekan.

Tashrif davomida MOQ rahbari shuningdek kamondan o'q otish sport turi bo'yicha tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi, kamchilik hamda muammolari bilan qiziqdi va o'sha erning o'zida imkoniyatlarini sinovdan o'tkazib ko'rdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi yuritayotgan siyosat, olib borayotgan islohotlarga ko'ra yurtimizdagi Olimpiya zaxiralari kollejlari terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida xizmat qilishi kerak. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji esa ular orasida chin manoda bayroqdor bo'lishi lozim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing