So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

31 okt 18:41
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ahroljon Ro'ziev yana besh yil muddatga UWW vice-prezidentligiga saylandi

Bugun kunning ikkinchi yarmida Serbiya poytaxti Belgrad shahrida Birlashgan kurash dunyosi (UWW)ning Kongressi o'tkazildi.

Ertaga aynan Belgrad shahrida yoshlar (U 23) o'rtasidagi jahon chempionati start oladi. Kongress ushbu chempionat oldidan tashkil etildi. Unda bir qator masalalar muhokama qilindi, hisobotlar tinglandi, rejalar tasdiqlandi. 

Kongressning biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, unda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi o'rinbosari, professor Ahroljon Ro'ziev yangi 5 yillik muddatga UWW Byurosi azoligi uchun saylandi. 

SHuningdek, UWW Byurosi azoligiga Fuad Meskut (Marokash), Mixail Mamiashvili (Rossiya), Don Ryan (Kanada), Pedro Gama Filo (Braziliya), Lucho Kaneva (Italiya) ham saylanishdi.  

Byuro azoligiga saylovning birinchi turidayoq g'olib bo'lganlar:

Fuad Meskut (Marokash) — 104 ovozdan 81 ta ovoz

Mixail Mamiashvili (Rossiya) — 104 ovozdan 80 ta ovoz

Don Ryan (Kanada) — 104 ovozdan 71 ta ovoz

Pedro Gama Filo (Braziliya) — 104 ovozdan 65 ta ovoz 

Ahroljon Ro'ziev (O'zbekiston) — 104 ovozdan 65 ta ovoz


Byuro azoligiga saylovning birinchi turidan o'ta olmaganlar:

Lucho Kaneva (Italiya) — 104 ovozdan 51 ta ovoz

Edisher Machaidze (Gruziya) — 104 ovozdan 38 ta ovoz 

Marina Di Bussolo Pellikone (Italiya) — 104 ovozdan 27 ta ovoz

Marko Korpela (Finlyandiya) — 104 ovozdan 16 ta ovoz

Dina Xarenko (Ukraina) — 104 ovozdan 12 ta ovoz


Ikkinchi tur natijalari:

Lucho Kaneva (Italiya) — 104 ovozdan 58 ta ovoz 

Edisher Machaidze (Gruziya) — 104 ovozdan 20 ta ovoz

Marina Di Bussolo Pellikone (Italiya) — 104 ovozdan 14 ta ovoz

Dina Xarenko (Ukraina) — 104 ovozdan 5 ta ovoz

Marko Korpela (Finlyandiya) — 104 ovozdan 4 ta ovoz

Malumot uchun, Ahroljon Ro'ziev 2014 yildan to shu kungacha UWW vice-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Aynan 2014 yil Toshkentda o'tgan Kongressda FILA nomi UWWga o'zgartirilgan edi. SHunisi bilan ham Toshkent Kongressi tarixiy hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing