So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

16 dek 13:45
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ahroljon Ro'zievni tabriklaymiz!

Bugun o'zbek va jahon sportida o'z mavqeyiga ega hamyurtimiz, Birlashgan kurash dunyosi (UWW) vice-prezidenti, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi o'rinbosari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi, pedagogika fanlari doktori, professor Ahroljon Ro'ziev o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ahroljon Ro'ziev 1957 yil 16 dekabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O'z umrini sport kurashlariga baxshida etgan hamyurtimiz bugunga kelib uzoq yillik mashaqqatli mehnatlarining samarasini ko'rmoqda. Pedagogika fanlari doktori, professor Ahroljon Ro'ziev ayni paytda Birlashgan Kurash dunyosi vice-prezidenti lavozimida faoliyat olib bormoqda. Sport kurashlari bo'yicha terma jamoamizning bugungi kunda jahonning eng etakchi jamoalaridan biriga aylanishida, polvonlarimiz qo'lga kiritayotgan natijalarda Ahroljon Ahmedovichning xizmati beqiyos. 

Malumot uchun, Ahroljon Ro'ziev 2007-2016 yillar O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida sport o'yinlari va milliy sport turlari bo'yicha kafedra professori, 2008-2014 yillarda FILA ijroqo'm azosi bo'lgan. Faoliyati davomida "O'zbekiston Respublikasida  xizmat ko'rsatgan sport ustozi" (2001), ikkinchi darajali "Sog'lom avlod uchun" (1999) va "Fidokorona xizmatlari uchun" (2004), Qozog'istonning yuqori darajadagi "CHingizxon" ordenlari, "O'zbekiston sport faxriysi" ko'krak nishon bilan taqdirlangan.

Fursatdan foydalanib, Ahroljon Ahmedovichga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlar, nabiralar rohatini ko'rib yurishlarini tilaymiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing