06 noy 16:48
Yangiliklar
AIBA prezidentligiga saylangan G'ofur Rahimov O'zbekistonga keldi
Kongress davomida hamyurtimiz G'ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g'alaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi. Rahimov bu borada qozog'istonlik Serik Konakbaevni ortda qoldirdi.
Bugun hamyurtimiz AIBA prezidenti sifatida yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabievlar kutib olishdi.
Eslatib o'tamiz, Umid Ahmadjonov Moskvada bo'lib o'tgan AIBA Kongressida ham bevosita ishtirok etgandi.
Malumot uchun: G'ofur Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.
Milliy olimpiya qo'mitasi G'ofur Rahimovga ushbu masuliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilaydi.
Fikrlar