30 okt 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA

AIBA rahbarligi uchun saylovda G'ofur Rahimovga raqobatchi paydo bo'ldi
Sport arbitraj sudi (CAS) Xalqaro havaskorlar boks associaciyasi (AIBA) vice-prezidenti Serik Konakbaev appelyaciyasini qanoatlantirdi.
Bu haqida «RIA Novosti»ga asoslanib, daryo.uz sayti xabar qilmoqda.
CAS Konakbaev AIBA prezidentligi uchun nomzodi kiritilmaganligi borasida bergan appelyaciyasini ko'rib chiqib, uni ijobiy hal qildi. CAS qaroriga ko'ra, endi Serik Konakbaev AIBA’ning 2—3 noyabr kunlari Moskvada o'tadigan saylovida prezidentlikka nomzodini qo'y oladi. Sud AIBA Konakbaev nomzodini asossiz ravishda rad qilganini qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, bungacha AIBA prezidentligiga G'ofur Rahimov yagona nomzod bo'lib turgan edi. Konakbaev esa saylovda ishtirok etish uchun kerakli imzolarni vaqtida to'play olmagani sabab prezidentlik uchun nomzod sifatida ko'rsatilmagandi.
Havola :
Fikrlar