03 noy 08:46
Yangiliklar

AIBA WSB turniriga ham o'zgartirish kiritdi, endi 32 bokschi Olimpiadaga boradi
AIBA Butunjahon boks seriyasining IX i X mavsumlariga o'zgartirish kiritdi. Unga ko'ra, 8ta vazn toifasida ishtirok etgan 32 nafar bokschida ham Olimpiadaga borish imkoniyati paydo bo'ldi.
Yuqorida ko'rsatilgan ikki WSB mavsumida bokschilar yangi tasdiqlangan Olimpiada vaznlarida ringga ko'tarilishadi. Janglar engil vazn toifasida - 52 kg, 57 kg, 63 kg, 69 kg, og'ir vaznda esa - 75 kg, 81 kg, 91 kg hamda 91+ kg.da o'tkaziladi.
Tokio Olimpiadasiga kvotalar bokschilarning shaxsiy reytingiga qaraladi. 2019 yilda start oladigan WSB turnirida Tokio Olimpiadasiga 32ta yo'llanma o'ynaladi. Bu umumiy yo'llanmalarning 10 foizidan ko'prog'ini tashkil qiladi.
Kamoliddin ALIMOV, Moskva, Rossiya Federaciyasi
Fikrlar