10 fev 15:15
Yangiliklar

Aka-uka Diaslarning shogirdi CHimaevga "vyzov" tashladi
"Xamzat CHimaev bilan jang qilishni xohlayman — bu yigit meni qo'rqita olmaydi. U kurashchi, lekin o'zi hech qachon kurashchi bilan jang qilmagan. Xamzat, kel jang qilamiz. U kurashchi bilan jang qilishi kerak. Uning raqiblari MMA jangchilari, men esa, kurash bilan shug'ullanadigan aralash yakkakurashlari ustasiman. UFCdagi ikkinchi jangimda men uch raundlik jangda eng ko'p teykdaunlar amalga oshirish bo'yicha o'rta divizion rekordini yangiladim. Yana kim shunday qila oladi?", — deb aytib o'tgan Maksimov o'z intervyusida.
24 yoshli Nik Maksimov UFCda ikkita jang o'tkazib, ikkisida ham g'alaba qozongan. Dastlabki jangida u ochkolar evaziga Kodi Brandeyjni mag'lub etgan bo'lsa, keyingisida huddi shu tarzda Punaxili Soriano ustidan g'alaba qozongan. 27 yoshli Xamzat CHimaev ayni damda yarimo'rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun harakat qilmoqda va Gilbert Byornsga qarshi jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Fikrlar