20 sen 13:48
Yangiliklar
Eshkak eshish, Osiyo o'yinlari
Akademik eshkak eshish. Yana bir yo'nalishda to'g'ridan-to'g'ri Osiyo o'yinlari finaliga yo'l oldik
Xanchjou shahrida Osiyo o'yinlari start oldi.
Akademik eshkak eshishning to'rttalik qayiq yo'nalishida qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi vakillari bugun o'z ishtiroklarini boshlashdi.
SHahzod Nurmatov, SHahboz Xolmurzaev, Mehrojbek Mamatqulov, Sobirjon Safarolievdan iborat to'rtligimiz ++ natija bilan marraga birinchi bo'lib etib keldi va to'g'ridan-to'g'ri finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Guruhda vakillarimizga Pokiston, Gonkong va Indoneziya sportchilari raqobat ko'rsatishgandi.
Ushbu yo'nalishda o'tish bahslari ertaga, finallar esa 25 sentyabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar