So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

05 noy 12:53
Yangiliklar

Taekvondo

Akmal Ergashev: Eng katta orzuni qo'ldan chiqarganim meni hamon qiynaydi

Dmitriy SHokin, Jasur Boyqo'ziev, Nikita Rafalovich, Nigora Tursunqulova kabi ko'zga ko'ringan taekvondochilarning ustozi bo'lgan Akmal Ergashev yurtimizda taekvondo sport turining rivojlanishi, o'zining sportchilik faoliyati va undagi eng katta armoni haqida intervyu berdi.

Dmitriy SHokin, Jasur Boyqo'ziev, Nikita Rafalovich, Nigora Tursunqulova kabi ko'zga ko'ringan taekvondochilarning ustozi bo'lgan Akmal Ergashev yurtimizda taekvondo sport turining rivojlanishi, o'zining sportchilik faoliyati va undagi eng katta armoni haqida intervyu berdi.

– Taekvondo sport turini tanlashingizga kim sababchi bo'lgan?

– Har bir sportchining u yoki bu turni tanlashiga kimdir sababchi bo'ladi. Meni katta akam Hamdam Ergashev taekvondo bilan shug'ullanib kelgan va ular mashg'ulotlarga borganlarida ular bilan sport zaliga borib mashg'ulotlarini kuzatib o'tirar edim va keyinchalik menda ham bu turga qiziqish paydo bo'ldi.

– Nima uchun aynan taekvondoni tanlagansiz?

– Bu turda oyoq zarbalari tez bajariladi va mukammal zarbalar ko'p. Tashqaridan qarasangiz juda engil tuyiladiyu, lekin taekvondoni ham qiyin jihatlari ko'p. Menimcha akamni musobaqalardagi chiqishlarini ko'rib tanlagan bo'lsam kerak.

– Bugungi kunda murabbiysiz ko'zga ko'ringan shogirdlaringizdan kimlarni etirof eta olasiz?

– Kattalar terma jamoasida faoliyat olib borganman shuningdek yoshlar terma jamoasida katta murabbiy bo'lganman. Albatta etakchi sportchilardan Dmitriy SHokin, Jasur Boyqo'ziev, Nikita Rafalovich shuningdek qizlardan Nigora Tursunqulova, Dinora Mamadibragimova yoshlarga keladigan bo'lsak Jasur Jaysunov, Ulug'bek Rashidov, Azizjon O'ktamovlar juda yaxshi natijalarni qo'lga kiritishgan. Bu sportchilari jamoada murabbiylik qilib yurganimda yorqin natijalarga erishgan va ularni tilga olmaslikni iloji yo'q.

– Taekvondodagi eng yorqin g'alabangiz qaysi?

– 2011 yil Koreyada o'tgan Jahon chempionatida kumush medalini qo'lga kiritganman. Aynan mana shu g'alabam yorqin xotiramda qolgan.

– Eng alamli mag'lubiyatchi?

– Bilasizmi qalbimning tubida qolgan armon. Har doim eslaganda achinib, afsuslanadigan mag'lubiyatim bu 2008 yil Pekinda o'tgan olimpiya o'yinlarida bo'lgan. Aynan mana shu to'rt yillikning nufuzli musobaqasidagi bronza medal uchun bo'lgan jangda raqibimga bor yo'g'i bir ochko farqi bilan imkoniyatni boy berib qo'yganman. Eng katta orzuyimni qo'ldan chiqarganim meni hamon qiynaydi… Soniyalarda imkoniyatni qo'ldan berish qanchalik mushkul ekanligini men yaxshi bilaman.

– Taekvondochi bo'lish osonmi yoki murabbiy?

– Buni har bir sportchi biladi. Albatta sportchi bo'lish osonroq uning toshi engilroq, masuliyat yuki engil. Buni sportchi keyinchalik murabbiylik faoliyatini davom ettirganda yaxshi anglab etadi. Murabbiy qo'l ostida tarbiyalayotgan sportchilarning barchasiga birdek masul, atletning yurish-turishidan tortib, hayot yo'lini to'g'ri tanlashi ham ustozga bog'liq.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing