So’nggi yangiliklar

22:34Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси ғолиблари Президент томонидан тақдирланди 0 20:42Ўзбекистон Осиё ўйинларида энг кўп боксчи билан ярим финалга йўл олди 0 20:14Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:45"Ғалаба қозонамиз". Сурия терма жамоаси аъзолари Ўзбекистон билан ўйиндан олдин нималар деди? 0 19:13Эртага уч нафар боксчимиз финал йўлланмаси учун жанг қилади 0 19:02Осиё ўйинларининг ўнинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:45Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида ҳам тўртта медалга эга чиқдик! 0 17:11Ўзбекистон футзал МТЖ ФИФА рейтингида пастлади 0 15:47Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов Душанбеда жанг қилади 0 14:31Жавоҳир Синдаров FIDE Excellence Awards 2026 ғолиби бўлди 0 11:56Мария Тимофеева Портудаги WTA 125 турнири ғолибига айланди 0 10:40Президент Шавкат Мирзиёев шахматчиларни Олимпиададаги ғалаба билан табриклаб, Синдаровга чемпионлик баҳсида омад ёр бўлишини тилади 0 20:23Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 19:11Манба: ФИФА президенти тез орада Тошкентга келади 0 18:48Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0

14 dek 19:28
Yangiliklar

Futbol

Akramjon Mamadaliev: "O'zbek klublarida ham skauting tizimi yo'lga qo'yilishi kerak"

7-11 dekabr kunlari Turkiyada o'zbek futboli mutaxassislari uchun o'quv-seminari o'tkazildi.

O'zPFL va Turkiya Klublar birligi hamkorlikda tashkil qilgan seminar doirasida 20 nafar o'zbek klublari vakillari turk futboli infratuzilmasi, “Fenerbahche” va “Galatasaroy” klublarining tijoriy va skauting (o'yinchilar selekciyasi) sohalaridagi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

“Qo'qon-1912” futbol klubi vice-prezidenti Akramjon Mamadaliev mazkur seminarda olingan yangiliklar xususida o'z fikrlarini bildirdi:

- Turkiyaga qilgan safarimiz barchamiz uchun foydali bo'ldi. U erda Evropa darajasidagi futbol klublari qanday bo'lishini, u klublarda ish qanday tashkil qilinganligini o'z ko'zimiz bilan ko'rdik. Men uchun u erda ayniqsa, o'yin uchun oddiy chiqariladigan chiptalar o'rni maxsus kartalarga almashtirilgani, birovni chiptasi/kartasi bilan boshqa odam stadionga kira olmasligi, umuman shu borada yo'lga qo'yilgan tartiblar yangilik bo'ldi. Bu tizim muxlislarning xavfsizligi va stadionga kirganda muammolarga duch kelmasiligiga sharoit yaratadi. Muxlis uyida o'tirgan holda o'yinga chipta olib, o'zi hohlagan vaqtda bemalol borib o'z joyini egallaydi. Ushbu muxlis kartasida stadionga kirgan har bir muxlisning personal malumotlari joylashgan bo'ladi. Yana bir qulayligi mazkur kartani ko'chadagi do'konlardan savdo qilishda, umuman hamma joyda ishlatish mumkinligi ham juda ajoyib. Bizda ham chiptalar savdosi elektron tarzda tashkil etilsa, muxlislar to'g'risida malumotlar bazasi shakllantirib borilsa, yaxshi bo'lardi.

Yana bir  jihat shundan iboratki, turk klublarida yo'lga qo'yilgan skauting tizimi menga juda yoqdi. Bizning klublarda ham video roligini ko'rib chetdan futbolchi olishni o'zi bilangina cheklanmasdan, jamoaga taklif qilinadigan har bir futbolchi bilan alohida shug'ullanadigan klub skauting tizimi tashkil qilinsa jamoalarimizga ancha foydali bo'ladi, deb o'ylayman. Klubda chin manodagi  skautlar faoliyat yuritishi – mavsum davomida ham tarkibdagi futbolchilarning o'yini statistik tahlili shakllantirib borilishi, qaysi futbolchi mavsumni qanday barqarorlikda o'tkaza olgani bo'yicha malumotlar ombori yaratilishi, asosiysi – klubga taklif etiladigan o'yinchilarni kuzatish ancha oldindan boshlanishiga olib keladi, - dedi Akramjon Mamadaliev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing