12 okt 09:49
Yangiliklar
Aktau Asian Open 2024. Bugun 7 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
"Halyk Arena" mezbonlik qiladigan ushbu Osiyo Ochiq kubogi Xalqaro dzyudo federaciyasi taqvimidan o'rin olgan bo'lib, unda Ozarbayjon, Gonkong, Hindiston, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Mo'g'uliston, Tojikiston, O'zbekiston va Qozog'istondan jami 200 nafarga yaqin sportchi medallar uchun bahslarga kirishadi.
Bugun 7 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Musobaqa chempionlari o'z hisoblariga 100 reyting ochkosini qo'shib qo'yishadi. Kumush medal egalari 70, bronza medal sohiblari esa 50 ochkoni qo'lga kiritishadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-48 kg: Fotimaxon Tursunalieva - Ayana Duysenbay (Qozog'iston)/Ayaulim Turdike (Qozog'iston)
-48 kg: Ulbusin Hakimova - Jibek Jaksibay (Qozog'iston)
-52 kg: Yulyana Maksetbaeva - Nurbala Zaynul (Qozog'iston)
-52 kg: Farangiz Rahimova - Meruert Sarsenova (Qozog'iston)
-63 kg: Sevinch Isoqova - Karligash Telman (Qozog'iston)/Saniya Ray (Hindiston)
-60 kg: Imomaddin Karimov - Aman Bakitjan (Qozog'iston)
-73 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov - Kanat Abituli (Qozog'iston)/Iriskeldi Jumabekov (Qirg'iz Respublikasi)
Fikrlar