29 dek 11:25
Yangiliklar
Alan Pikasso Naoya Inouedan qabul qilgan faoliyatidagi ilk mag'lubiyatiga izoh berdi
Pikasso 12 raund to'liq davom etgan chempionlik jangida yaponiyalik mutlaq jahon chempioniga hakamlarning yakdil qarori bilan 111-117, 109-119, 108-120 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan Pikasso jang haqida gapirar ekan, jahon chempioni bo'lish umidini yo'qotmaganini ham urg'uladi.
"Bu juda og'ir jang bo'ldi. Inoue o'ta portlovchi va tezkor edi, - dedi Pikasso The Ring nashriga bergan intervyusida. - Biroq jangning so'nggi raundlarida bazi jihatlarda ustunlikni his qildim, ammo yana tan olaman, jang og'ir kechdi. Men Inouedan yanada og'irroq, yanada portlovchi va kuchliroq jangni kutgandim. O'zimni mag'lub his qilmayapman va hali ham jahon chempioni bo'lish orzuim bor. Tayyorlanib, yana kuchliroq bo'lib qaytaman.
Malumot uchun, Alan David Pikasso prof boksda 34 ta jang o'tkazib, 32 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Naoya Inouega qarshi Jahon chempionlik kamari uchun jangdagi mag'lubiyat uning faoliyatidagi birinchisi bo'ldi.

Fikrlar