03 fev 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Aldo Moykanoni nokautga uchratdi, Moraesh Assunsaoni engdi
Bugun Braziliyada aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 144 oqshomi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida Marlon Moraesh Rafael Assunsaoga qarshi oktagonga chiqdi. Jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Moraesh o'ng qo'lda yo'llagan kuchli zarbasi bilan Assunsaoni nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Muvaffaqiyatini rivojlantirgan Marlon bo'g'ish usuli bilan raqibini taslim bo'lishga majbur etdi.
Sobiq UFC chempioni Joze Aldo esa Renato Moykanoga qarshi bahs olib bordi. Birinchi raund kichik ustunlik bilan Moykano foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi raundda Joze ketma-ket berilgan kuchli va aniq zarbalari evaziga Renatoni muvozanatdan chiqardi. Referi bu vaziyatda jangni to'xtatishdan o'zga chora topa olmadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar