11 noy 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra: "Adesanya UFC 281'dan keyin ham revanshga loyiq, ammo uning o'zi buni xohlamaydi"
Aleks Pereyra Israel Adesanyani bu safar ham mag'lub etsa, Israel u bilan boshqa jang qilmasligigiga ishonchi komil.
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Aleks Pereyra, agar o'rta vazn toifasida amaldagi chempion Israel Adesanya UFC 281 musobaqasida unga yutqazsa, keyinroq revansh jangini o'tkazishni istamasligiga ishonch bildirdi.
"Ular kamar uchun jangga keyingi safar kimni tanlashlari muhim emas. Adesanya UFC 281'dan keyin revansh jangiga loyiq, ammo jangdan keyin u buni xohlamaydi.
Yo'q, bu shaxsiy adovat emas. Men o'z vazifamni xuddi boshqalar bilan bo'lgani kabi bajaraman. Men bor etiborimni kamar uchun jangga qaratganman. Oldingi mag'lubiyatlardan qanday omon qolganini bilmayman. Bu hali ham uning esida", - deya Pereyraning so'zlaridan iqtibos keltiradi MMAJunkie nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar